Сделай сайт. Легко.

Веселый форум!
Nclick.Ru - cheksiz pul ishlang

Nokia telefonini kompyuterga USB kabel orqali ulab undan Modem sifatida internetga kirish.
Assalomu alaykum hurmatli saytimiz mehmonlari bugun sizlarga qanday qilib Nokia telefonlarini kompyuterga ulab undan modem sifatida foydalanishni urgatmoqchimiz.
Demak ishni boshladik,
Bizga kerak bo’ladigan qurulmalar:
1.Kompyuter (XP , Windows 7 , 8 , 8.1) lar da ishlaydi.
2.Nokia telefoni va uning USB kabeli
3.Nokia Pc Suite dasturi. Agar sizda Noki pc suite dasturi yuq bulsa. Dasturni pastdagi sahifadan yuklab olishingiz mumkin.
Nokia Pc Suite (64 mb)

Demak dasturni ham yuklab oldik. Endi uni ustiga ikki marta sichqonchaning chap tugmasini bosamiz.Shunda pastdagi rasmdagi kabi sahifa ochiladi va qizil strelka ko’rsatgan tugmaga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz.


Ekranda quyidagi holat paydo bo’ladi.
Va yana strelka ko'rsatgan bo'ylab davom etamiz.


Keyingi sahifada esa qizil strelkada ko’rsatilgan joylarga to’g’rilab davom etasiz.
Siz bu bilan dasturning hamma shartlariga rozi ekanligingizni bildirgan bo’lasiz.
Ushbu bo'limdan siz dasturning barcha amallarini o'qib ,
bilib olishingiz mumkin. Demak davom etamiz.


Bu sahifada esa dastur kompyuterning qaysi diskiga saqlanishini tanlaysiz.
(Iloji boricha hech nimaga tegmay davom etishni bosing).


Bu pastdagi rasmdagi sahifada esa
Nokia Pc Suite dasturi kompyuter xotirasiga qanday hajm bilan saqlanishini bildiradi.
Siz yana davom etishni bildiradigan tugmaga bosasiz bosasiz.


Bu sahifada esa dastur kompyuterga saqlanayotgan bo’ladi.
Taxminan 5 daqiqada o’rnatiladi.
100% bo’lishini kutamiz.


Bu sahifagi holat sizda ham chiqsa demak dastur sizning kompyuteringizga o’rnatilganini bildiradi.
Va yana strelka ko’rsatgan tugmaga bosamiz.


Bu yerda esa Nokia telefonlarni kompyuterga ulasangiz quyidagi rasmda ko’rsatilgan
amallarni bajarishini bildirayapti.
Keyin yana davom etish tugmasini bosamiz.


Endi esa hech narsaga tegmaymiz va yana davom etish
tugmasini bosamiz.


Bu pastdagi rasmda esa dastur Nokia modelli
telefonni qidirayapti.
Ana endi biz kompyuterga nokia telefonni USB kabel orqali ulaymiz.
Telefon ekranida 3ta bo’lim chiqadi.
Siz birinchi bo’limida turgan Noki pc ni tanlaysiz.
(Ayrim nokia tellarida Ovi Suite , Pc Suite va Nokia Suite deb ham turadi.
Lekin har qanday holatda ham birinchisini tanlab bosamiz.)
Biz hozir Nokia 6300 telefoni misolida ko’rsatib o’tamiz.
Demak telefonda Pc Suite ni tanlaymiz.


Demak telni ulab Nokia Pc ga bosganimizdan
so’ng Kompyuter telni qidiradi va albatta topadi.
Biroz kutganingizdan so’ng sizda ham
quyidagi rasmdagi holat paydo bo’ladi.
Bu degani sizning telefoningiz kompyuterga ulandi degani.
Va yana davom ettirishni bildiradigan qizil strelka ko’rsatgan tugmaga bosamiz.


Demak kompyuterga telefonni ulab ham oldik endi.
Siz bu dastur bilan telefonni boshqarsangiz bo’ladi,
Ya’ni dastur orqali sms yozsangiz ,
sms qabul qilib olsangiz va hatto telefon qilsangiz ham buladi. Yana Musiqalarni eshitsangiz ham bo’ladi.
Qisqa gap bilan tushuntirsak telni kompyuterga ulab telni 90% boshqasa bo’ladi.
Shu maqsadda biz sizga hozir faqat internetga ulanish holatini ko’rsatib o’tmoqchimiz.
Demak quyidagi rasmda qizil strelka bilan ko’rsatilgan globus ga bosamiz.


Globusga bosganimizdan so’ng esa mana shunday sahifa ochiladi.
Biz esa ko’rsatilgan tugmaga bosamiz.
(Agar bosmay kutub turulsa ham dastur o’zi avto internetga ulanadi).


Demak mana internetga ulanib ham oldik.
Endi kompyuterdan Opera va Internet Explorer browserlaridan hohlaganimizcha internetdan foydalanishimiz mumkin.
To’g’ri bu usulda internet sal past
ishlashi mumkin. Lekin yuqdan ko’ra yaxshida.
Bu maqolani men tushunarli qilib yozoldim deb o'ylayman.
Biror savolga o'rin qolmadi degan umiddama.



Ushbu dasturni Chip Xp va Windows 7, 8 va 8.1 turdagi kompyuterlar qo'llaydi.
Telefonlardan esa Nokia s40 va s60 turdagi barcha telefonlarda ulansa bo'ladi.
Ushbu dastur Nokia 2700 , 3110 , 5130 , 5230 , 6300 , 6730 va X2 00 telefonlarida sinab ko'rildi va hammasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Hurmatli foydalanuvchilar siz ushbu maqolada yozilgan amallarni bajaraoldingizmi.
Bu haqda biz bilan o'rtoqlashing.
Bu biz va boshqa foydalanuvchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Pastda Izoh qoldirish manziliga kirib xabar qoldirishingiz mumkin.


Izoh qoldirish


Ushbu maqola internet saytlaridan foydalangan holda tayyorlandi.
Manba: www.boburuz.lark.ru
Maqolani Bobur Hakker tayyorladi.
Bosh sahifa

waplogRaskruty.ru

O`zbekcha o`yinlarUzMasterS.RuStatok.netwaplogUzstat.Ru